Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya jarayonlaridagi test topshiriqlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur topshiriqlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining rasmiy sahifalarida tahliliy izohlar ham e’lon qilingandi.
Ammo, muhokamalar haligacha bosilgani yo‘q. Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini “Tanaffus” podkastiga taklif qilgandi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi.
Ammo, Markaz mazkur jarayonni OAVda yoritish borasida izoh bermagan. Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz'ning ‘‘Tanaffus’’ podkastiga taklifi borasida o‘qituvchilar tomonidan vakil belgilanganligi ma’lum qilindi, ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatiga ham alohida xabar berilgan bo‘lsa-da, hozircha vazirlik tomon aloqaga chiqmadi.
Comments 3
Please register to comment!
News
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan olimpiadalar markazi qurildi
News on the topic
Вы спрашивали
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?
MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Attestation
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Do you know?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
Do you know?
Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi
Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
English
Edit your comment