Top.Mail.Ru
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi

21:30 / 04.11.2025 2.42k

Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya jarayonlaridagi test topshiriqlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.


Mazkur topshiriqlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining rasmiy sahifalarida tahliliy izohlar ham e’lon qilingandi.


Ammo, muhokamalar haligacha bosilgani yo‘q. Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini “Tanaffus” podkastiga taklif qilgandi.


Oradan biroz vaqt o‘tgach, vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi.


Ammo, Markaz mazkur jarayonni OAVda yoritish borasida izoh bermagan. Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz'ning Tanaffus podkastiga taklifi borasida o‘qituvchilar tomonidan vakil belgilanganligi ma’lum qilindi, ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatiga ham alohida xabar berilgan bo‘lsa-da, hozircha vazirlik tomon aloqaga chiqmadi.

Комментарии 3

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Аттестация

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
Новости

В отношении лиц, организовавших незаконную схему для успешного прохождения педагогами аттестации, вынесен судебный приговор

Ранее мы сообщали о выявлении ряда незаконных действий, совершённых с целью обеспечить педагогическим работникам успешное прохождение аттестации и профессиональной сертификации. В отношении указанных лиц было возбуждено уголовное дело по пункту «г» части 2 статьи 210 Уголовного кодекса, после чего начались следственные действия.

16:33 / 14.09.2026
Новости

Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.

10:46 / 08.08.2026
Новости

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026