Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya jarayonlaridagi test topshiriqlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur topshiriqlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining rasmiy sahifalarida tahliliy izohlar ham e’lon qilingandi.
Ammo, muhokamalar haligacha bosilgani yo‘q. Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini “Tanaffus” podkastiga taklif qilgandi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi. Bunga 19 mingdan ortiq pedagoglarning keskin noroziligi sabab bo‘ldi.
Ammo, Markaz mazkur jarayonni OAVda yoritish borasida izoh bermagan. Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz'ning ‘‘Tanaffus’’ podkastiga taklifi borasida o‘qituvchilar tomonidan vakil belgilanganligi ma’lum qilindi, ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatiga ham bu borada xabar berilgan bo‘lsa-da, hozircha vazirlik tomon aloqaga chiqmadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Yangiliklar
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.
Yangiliklar
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.
Yangiliklar
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang