Top.Mail.Ru
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi

The website texts are translated by Google, errors possible!

2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi

11:29 / 18.12.2025 206

“2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida xorijdan 1 500 nafar xorijiy til o‘qituvchilari — “til egalari”ni  jalb qilish uchun 700 mlrd so‘m ajratish nazarda tutilmoqda.


Bunda “til egalari”ni jalb qilish xarajatlari 2026-yilda 2,8 karra oshirilishi reja qilinganligini ko‘rish mumkin. 2025-yilda buning uchun Davlat budjetidan 210 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgandi.


“Til egalari”ni ta’lim jarayoniga jalb qilish O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan davlat strategiyasida belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish nazarda tutilgan.


Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi kunda xorijiy til sifatida maktablarda eng ko‘p o‘qitilayotgan fan ingliz tili fani hisoblanadi. 


2023-yildan boshlab ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar “til egalari” sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilina boshlagan. 2024-yildan boshlab esa yana 1 500 ta “til egalari” olib kelinishi reja qilingandi.


Ular yuqori sinf o‘quvchilariga Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press”, Fransiyaning “Didiyer”, Germaniya Federativ Respublikasi “KLETT” nashriyotining darslik va dasturlari asosida dars o‘tishi belgilangan.


Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 9-yanvar 5-sonida chop etilgan maqolasida “til egalari” islohoti nima uchun amalga oshirilganini aytib o‘tgandi.


Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya ham ta’lim sifatini oshirish uchun 2023-yilda 100 mingdan ortiq xorijlik o‘qituvchini jalb qilgan. Xuddi shunday tajriba Xitoyda ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har yili 400 minggacha chet tili o‘qituvchisi olib kelinadi.


O‘tgan yillar davomida "til egalari" faoliyat yuritgan 500 ta maktab o‘quvchilarining til bilish darajasi hududlar bo‘yicha o‘rtacha 5 foizdan 15 foizgacha oshgan.


“Til egalari” bir haftada 20 soatlik dars bilan birga uch marta qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlari o‘tadi hamda mahalliy o‘qituvchilarimiz uchun treninglar tashkil etadi.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Native speakers

Share