Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
Joriy yilning 16-fefral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga esa Ilxom Siradjev Toxirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
5 oy avvalroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Ilxom Siradjev uzoq yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida ham ishlagan.
Ilxom Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
U dunyodagi qator davlatlar ta’lim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yo‘nalishidagi xalqaro seminar hamda ta’limga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi hisoblanadi.
Ilxom Siradjev pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Ta’limda menejment” yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Comments 0
Please register to comment!
News
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
News on the topic
Appointment
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Pending
Yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar tayinlandi
Abduqodir Hamidovich Toshqulov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga ma’qullandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mazkur lavozimga tayinlandi.
Appointment
MMTVning sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Appointment
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
English
Edit your comment