Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
Joriy yilning 16-fefral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga esa Ilxom Siradjev Toxirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
5 oy avvalroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Ilxom Siradjev uzoq yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida ham ishlagan.
Ilxom Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
U dunyodagi qator davlatlar ta’lim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yo‘nalishidagi xalqaro seminar hamda ta’limga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi hisoblanadi.
Ilxom Siradjev pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Ta’limda menejment” yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
MMTV tizimida 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Тематические новости
Назночение
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Назночение
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Назночение
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Назночение
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga rahbar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
Русский
Редактировать комментарий