Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Ilxom Siradjev uzoq yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida ham ishlagan.
Ilxom Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
U dunyodagi qator davlatlar ta’lim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yo‘nalishidagi xalqaro seminar hamda ta’limga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi hisoblanadi.
Ilxom Siradjev pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Ta’limda menejment” yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Tayinlov
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang