Top.Mail.Ru
2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?

The website texts are translated by Google, errors possible!

2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?

16:00 / 18.02.2026 9.26k

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 


Farmon bilan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.


Mazkur hujjatda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar oldiga quyidagi 5 ta maqsadni o‘z ichiga olgan qator vazifalar belgilab berilgan: 


1-maqsad: maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash;


2-maqsad: umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish;


3-maqsad: umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish;


4-maqsad: pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;


5-maqsad: umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.


1-maqsad: maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash yo‘nalishida


Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DXSH va oilaviy)ni o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bunda 2026-yil sentabr oyiga qadar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DXSH va oilaviy) o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlanadi.


Maktabgacha ta’lim bilan qamrovi aholining demografik o‘sish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda amaldagi 78 foiz darajasida saqlab qolinadi.


2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali qo‘shimcha yangi quvvatlar yaratiladi.


Umumiy hisobda 2026-yilda 1 500 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.


2-maqsad: umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish


Umumiy o‘rta ta’limda inklyuziv ta’lim ishtirokchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida UNESCOning “Policy Guidelines on Inclusion in Education” hujjati asosida pedagog va psixologlarda shakllanishi lozim bo‘lgan ko‘nikma va kompetensiyalar belgilanadi va tegishli qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.


Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida metodik resurslar ishlab chiqilib, inklyuziv ta’lim ishtirokchilari malakasini oshirish kursi va moduli yaratiladi hamda o‘quvlar tashkil etiladi.


3-maqsad: umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishida


Ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash sifatini oshirish maqsadida respublika ta’lim tashkilotlaridagi psixologik xizmat xodimlari ilg‘or xorijiy tajriba va amaliyotlarga asoslangan malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.


Bunda 2026-yilning aprel-noyabr oylarida rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajribalar o‘rganiladi.


Respublikaning har bir hududidan psixologik xizmat xodimi tanlab olinadi va tayyorlanadi. Shundan so‘ng, ular “El-yurt umidi” jamg‘armasi va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda rivojlangan xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.


2026-yil  iyul-sentyabr oylarida Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy qilingan umumiy joriy o‘rta muassasalari ulushi oshiriladi.


Bunda 2025/2026-o‘quv yili yakunida 3 434 ta umumta’lim maktabida joriy etilgan o‘quvchilar bilimni baholashning yangi tartibi samaradorligi tahlil qilinadi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar soni 4 500 taga yetkaziladi;


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar soni 2000 nafarga yetkaziladi. 


Bunda xorijdan kelgan mutaxassislar turarjoylarga joylashtiriladi va zarur sharoitlar bilan ta’minlanadi. Turarjoy uchun ijara to‘lovlari esa mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida har oy kechiktirmasdan amalga oshirib boriladi.


Xorijlik pedagoglarni jalb qilish maqsadida vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va veb-saytlar orqali mavjud ish o‘rinlari to‘g‘risida e’lonlar beriladi.


Kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqilib, saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etiladi hamda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni umumta’lim maktablariga jalb etish choralarini ko‘riladi.


Xorijiy 3 nomdagi ta’lim darslik mahalliylashtirilib, Ixtisoslashtirilgan, ijod va maktablarini zamonaviy majmualari ta’minlash choralari ko‘riladi. Mazkur maktablarning ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan sinflari uchun 6 nomdagi yangi darsliklar ham yaratiladi.


2026-yil yakuniga qadar umumta’lim maktablari respublika budjetidan 1 000 ta kompyuter sinfi hamda 6 300 ta interaktiv doska bilan ta’minlanadi.


4-maqsad: pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘nalishida


Ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachi va o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi. 2026-yil mart-may oylarida reja-jadval ishlab chiqilib, tasdiqlanadi va tasdiqlangan reja-jadval asosida 150 nafar pedagog xodimlar malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.


2026-yil mart oyiga qadar maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari xodimlarining 2026-yilga mo‘ljallangan malaka oshirish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi. Reja ko‘rsatkichlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilinib, 120 ming nafar xodimning malakasi oshiriladi.


5-maqsad: umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish


2026-yilda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 800 taga yetkazish choralari ko‘riladi. 

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • Education policy

Share

line

News on the topic

Education policy

Ta’lim tizimida takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

20:52 / 07.10.2026
Do you know?

O‘qituvchilar orasidan ta'lim vaziri chiqqanmi?

Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 11 nafar ta’lim vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan atigi 4 nafari – Jo‘ra Yo‘ldoshev, G‘ayrat Shoumarov, Temur Shirinov hamda E’zoza Karimova o‘z faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor.

09:00 / 07.10.2026
Education policy

Ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’limdagi mavjud muammolarni hal qilish uchun yetarlimi?

Ikki yirik vazirlik — Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari qo‘shib yuborildi. Endilikda maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’lim, undan keyingi ta’lim, shuningdek, qo‘shimcha va norasmiy ta’lim siyosati yagona — Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan belgilanadi. Xo‘sh, ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’lim boshqaruvidagi mavjud muammolarni hal qilish uchun yetarlimi?

21:32 / 05.10.2026
News

Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan tortib oliy hamda undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruv asosida birlashtirishga qaratilgan yangi islohotlar davri boshlandi.

13:42 / 04.10.2026