Top.Mail.Ru
Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?

The website texts are translated by Google, errors possible!

Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?

11:55 / 18.05.2026 7.89k

Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelib, prezidentning tegishli farmoni bilan barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni deb e’lon qilingan. Natijada ish haftasi turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam oladi. Bunda:


  • 27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;


  • 28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;


  • 29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;


  • 30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;


  • 31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni. 


Xo‘sh, qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?


Ushbu savolga mehnat huquqi bo‘yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov quyidagicha javob berdi:


Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-son “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan xodimlar ketma-ket 5 kun dam olishlari mumkin. 1-iyun dushanbadan barcha xodimlarga ish kuni.


Shu holatda ko‘pchilikdan dam olishlar hisobiga oyliklar kamayadimi degan savollar kelmoqda.


MK 249-moddasi 4-qismiga ko‘ra, xodimlar mehnatiga vaqtbay, ishbay yoki mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa mezonlarga ko‘ra haq to‘lanadi.Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oylik ish haqlari kamaymaydi. Masalan, o‘qituvchi 1 oy davomida 22 ish kuni ishlaydimi yoki 20 ish kuni ishlaydimi oylik ish haqi kamaymaydi.


Soatbay ishlaydigan pedagoglarning ish haqi-chi?


Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida esa qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oylik ish haqlari kamayishi mumkin. Chunki bunda xodimlarga ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda haq to‘lanadi.


Mehnat kodeksining 277-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida narxlar belgilangan ish razryadlaridan, mehnatga haq to‘lash razryadlaridan, tarif stavkalaridan (maoshlardan) va ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.


Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo‘lgan kunbay tarif stavkasini yoki soatbay tarif stavkasini kunbay yoki soatbay ishlab berish normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo‘lgan kunbay tarif stavkasini yoxud soatbay tarif stavkasini belgilangan kunbay yoki soatbay vaqt normasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin.


Kunbay tarif stavkasi (maosh) yoki soatbay tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning razryadiga muvofiq bo‘lgan oylik tarif stavkasini yoki lavozim maoshini ish kunlarining yoxud ish soatlarining oylik normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.


Masalan, ta’lim sohasida soatbay ish haqi o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan dars soatlari miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, soatbay dars o‘tadigan o‘qituvchilarning ish haqi o‘tilgan dars soatlari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham soatbay dars o‘tadigan o‘qituvchilarning maoshlari qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga kamayishi mumkin.

Comments 2

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • Weekends

Share