O‘qituvchilardan yashash xonadonini suratga olish so‘ralyapti
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Eng namunali xonadon” tanlovi yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Xususan, o‘qituvchilardan tanlovda ishtirok etish uchun o‘z uylarining turli qismlarini suratga olib yuborish talab qilinayotgani aytilmoqda.
Jurnalist Ibrat Safo ushbu holatni tanqid qilib, tanlov uchun ishtirokchilar topishda qiyinchilik yuzaga kelgani sababli navbatdagi vazifa yana maktablar zimmasiga yuklangani haqida yozgan.
Muallifning ta’kidlashicha, mahalla aholisi orasida tanlovga qiziqish past bo‘lgani bois, tanlovni tashkil etayotganlar o‘qituvchilarni jalb etishga qaror qilgan. Buning uchun esa maktablarga tegishli ko‘rsatmalar yuborilgani va pedagoglardan o‘z xonadonlarining turli burchaklarini suratga olib jo‘natish so‘ralayotgani aytilmoqda.
Uning fikricha, bu kabi topshiriqlar o‘qituvchilarning shaxsiy hayotiga daxldor bo‘lib, pedagoglarni o‘z xonadonlarini begona shaxslarga namoyish etishga majbur qilish to‘g‘ri emas.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ayrim maktablarda tanlov ishtirokchilari bo‘yicha ro‘yxatlar ham shakllantirilayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Biroq bu borada hozircha Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi yoki tanlov tashkilotchilari tomonidan rasmiy izoh berilmagan.
Pedagoglardan bunday tanlovlarda majburiy tartibda qatnashish, shaxsiy uy-joyini suratga olib yuborish talab qilinayotgani o‘qituvchilarning shaxsiy hayot daxlsizligiga ham zid hisoblanadi.
Comments 4
Please register to comment!
News
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Officials of the District Education Department Found to Have Embezzled 1 Billion UZS in Budget Funds
Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation
News on the topic
Вы спрашивали
Will teachers involved in the census receive additional payments?
On social networks, reports are being published that teaching staff are involved in the population census, in particular, class teachers have been instructed to register the parents of each student and obtain a certificate.
Education policy
O‘qituvchilar navbatchiligi yoxud qonunga kiritilmay qolgan norma
Pedagoglar navbatchiligi masalasi vaqti-vaqti bilan muhokamalarga sabab bo‘ladigan mavzulardan biri hisoblanadi.
News
The director, who involved students in the improvement of the school grounds, was fined 20 million soums.
According to the results of the study, forced labor was allegedly allowed as a measure of educational punishment for students.
News
If subscriptions and forced labor are detected at the school, the director will be dismissed - Syrdarya governor
The khokim of Syrdarya said that in this case, along with the director, the teacher who agreed to forced labor will also be fired.
English
Edit your comment