O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachon kuchga kiradi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berilishi nazarda tutilgan.
Lekin mazkur hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hali imzolanmagandi. Shu sababli, ushbu chegirmalarni olishning imkoniyati mavjud emasdi.
Xalqtaliminfo.uz ko‘plab pedagoglarning murojaatlaridan so‘ng pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachondan kuchga kirishini so‘rab, mas’ullar bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi bo‘yicha qaror loyihasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda qaror loyihasi tegishli vazirliklar bilan kelishilgan. Shuningdek, Adliya vazirligini ijobiy xulosasi ham olinib, Vazirlar Mahkamasiga imzolash uchun kiritilgan.
Tez kunlarda mazkur qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun: Ushbu chegirma uchun davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talaba ariza berishi mumkin bo‘ladi.
Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanilishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” (kontrakt.edu.uz) orqali ariza yuboradi.
Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Mazkur chegirmalar talabaning bir yillik to‘lov-kontrakt summasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Talabgorning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Talabgorlarga chegirmalar to‘g‘ri belgilanishini doimiy nazorat qilish davlat oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori), mas’ul bo‘linma boshlig‘i, bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi.
Talabgorga chegirma noto‘g‘ri qo‘llanganda davlat oliy ta’lim tashkilotining mas’ul bo‘linmasi hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur mablag‘larni qaytarish choralari ko‘riladi.
Comments 2
Please register to comment!
News
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Officials of the District Education Department Found to Have Embezzled 1 Billion UZS in Budget Funds
Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
News on the topic
News
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishi mumkin.
News
The certification fee for teachers has been reduced by 50 percent.
By Resolution No. 175 of the Cabinet of Ministers dated April 17 of this year, amendments and additions were made to certain government decisions.
News
Another benefit promised to teachers has come into force.
Cabinet of Ministers Resolution No. 88 "On Measures for Financial Support of Youth and Educational Workers Studying Abroad" has been signed.
News
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
English
Edit your comment