Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasidan qanday foydalanish mumkin?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-sonli qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.
Biroq, kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilayotganligi bois, arizalar qabul qilinmayotgandi.
Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi. Quyida eng muhim savollarga javob beramiz.
Bu chegirmadan kimlar foydalana oladi?
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.
Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Shuningdek, ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.
Pedagogning bir nechta farzandi davlat oliygohlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
Kimlarga chegirma qo‘llanilmaydi?
Xususiy va xorijiy oliygohlar, ularning filiallari, harbiy oliygohlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotgan talabalar uchun mazkur chegirma qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, kechki, sirtqi, masofaviy yoki yuqori bosqichlarda, masalan, magistratura, doktoranturada o‘qiyotagan talabalarga ham 30 fozilik chegirma berilmaydi.
Chegirmadan qanday foydalaniladi?
- talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi;
- tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi;
- tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi;
- ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.
Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
- 30 foizi — chegirma;
- 70 foizi — talabaning to‘lovi.
Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.
70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
- 1-usul — summani to‘liq to‘lash. Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.
- 2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
- 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
- 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha belgilangandi.
2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha. Shunda jami to‘lov 50 foizni tashkil qiladi.
3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha. Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.
Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi?
Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.
Kontraktn to‘lovini to‘liq to‘lab qo‘yganlar nima qiladi?
Bu vaziyatda ham chegirmadan foydalanish mumkin. Bunda mazkur chegirma keyingi yilning kontrakt to‘lovlari uchun amal qiladi. Ya’ni, bu yil 30 foiz chegirma ariza topshiriladi, shunda keyingi yilgi chegirma miqdori umumiy hisobda 60 foizni tashkil etadi.
Natijada keyingi yil kontrakt summasini 60 foiz kamroq to‘lash mumkin bo‘ladi.
Ota-onadan biri pedagog, biri shifokor bo‘lsa, ham subsidiya, ham chegirma olish mumkinmi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’limning yillik kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi belgilangan.
Ushbu vaziyatda ikkita imtizyodan ham foydalanish mumkin. Masalan, talabaning otasi pedagog, onasi 15 yillik stajga ega va davlat tibbiyot muassasasida ishlaydigan shifokor bo‘lsa yoki aksincha. Bunda:
- talaba davlat oliygohida kunduzgi bakalavriatda o‘qishi lozim;
- tibbiyot xodimlari farzandlari uchun subsidiyaga arizalar shifokor ota yoki ona tomonidan beriladi;
- pedagoglar farzandlari uchun 30% chegirmaga arizalar talabalarning o‘zi tomonidan kontrakt.edu.uz platformasi orqali beriladi.
Mavzuda oid boshqa savollaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Comments 20
Please register to comment!
News
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
News on the topic
News
Maqsad pedagoglarga imtiyoz bermaslikmi? Pedagoglar farzandiga 30 foizlik chegirma berish atrofidagi savollar
Pedagog xodimlarning davlat oliygohida tahsil oladigan farzandlari 30 foizlik kontrakt chgirmasi uchun kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza yuborganda, ularning ota yoki onasi pedagog xodim emasligi tufayli, rad javobi berilmoqda.
Вы спрашивали
Xususiy maktabda ishlaydigan pedagog farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?
Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.
Вы спрашивали
Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?
Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.
Вы спрашивали
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.
English
Edit your comment