O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachon kuchga kiradi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berilishi nazarda tutilgan.
Lekin mazkur hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hali imzolanmagandi. Shu sababli, ushbu chegirmalarni olishning imkoniyati mavjud emasdi.
Xalqtaliminfo.uz ko‘plab pedagoglarning murojaatlarini inobatga olgan holda pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachondan kuchga kirishiga aniqlik kiritish maqsadida mas’ullar bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi bo‘yicha qaror loyihasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda qaror loyihasi tegishli vazirliklar bilan kelishilgan. Shuningdek, Adliya vazirligini ijobiy xulosasi ham olinib, Vazirlar Mahkamasiga imzolash uchun kiritilgan.
Maqola tahrirlandi: Mazkur qaror 026-yil 17-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinib, rasman kuchga kirdi.
Ma’lumot uchun: Ushbu chegirma uchun davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talaba ariza berishi mumkin bo‘ladi.
Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanilishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” (kontrakt.edu.uz) orqali ariza yuboradi.
Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Mazkur chegirmalar talabaning bir yillik to‘lov-kontrakt summasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Talabgorning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Talabgorlarga chegirmalar to‘g‘ri belgilanishini doimiy nazorat qilish davlat oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori), mas’ul bo‘linma boshlig‘i, bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi.
Talabgorga chegirma noto‘g‘ri qo‘llanganda davlat oliy ta’lim tashkilotining mas’ul bo‘linmasi hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur mablag‘larni qaytarish choralari ko‘riladi.
Izohlar 21
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi chog‘ida pedagoglar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilishini ma’lum qildi.
Yangiliklar
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishi mumkin.
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Joriy yilning 17-aprel kungi Vazirlar Mahkamasining 175-sonli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang