Top.Mail.Ru
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?

The website texts are translated by Google, errors possible!

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?

12:11 / 15.10.2026 1.08k

Savol

Bog‘chada tarbiyachi yordamchisi bo‘lib ishlayman. Pedagoglarning oliygohlarda o‘qiyotgan farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun ariza topshirmoqchi edim. Lekin direktorimiz siz pedagog hisoblanmaysiz, sizga imtiyoz berilmaydi, deyapti. Bizga nega berilmaydi, biz ham bolalar bilan ishlaymiz-ku?


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-sonli qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.


Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.


Qo‘shma qarorda oliy ta’lim, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, ta’lim uslubiyati bo‘yicha professional-mutaxassislar, maxsus ta’lim, ta’limning boshqa boshlang‘ich guruhiga kiritilmagan professional-mutaxassislar, ta’lim sohasi tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha jami 460 dan ortiq pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati keltirilgan.


Dastlabki tasdiqlangan pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi yordamchisi lavozimi mavjud bo‘lmagan.


Biroq, keyinchalik Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 16-sentabrdagi 41-mh-son va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-sentabrdagi 63-q/q-son qarori bilan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan.


Shu sababli, tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlayotgan pedagoglar ham davlat oliygohlarida o‘qiyotgan farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalanishi mumkin.


Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasidan qanday foydalanish mumkin?

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Benefit

Share