Top.Mail.Ru
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?

12:11 / 15.10.2026 5.67k

Savol

Bog‘chada tarbiyachi yordamchisi bo‘lib ishlayman. Pedagoglarning oliygohlarda o‘qiyotgan farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun ariza topshirmoqchi edim. Lekin direktorimiz siz pedagog hisoblanmaysiz, imtiyoz berilmaydi, deyapti. Bizga nega berilmaydi, axir biz ham bolalar bilan ishlaymiz-ku?


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-sonli qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.


Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.


Qo‘shma qarorda oliy ta’lim, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, ta’lim uslubiyati bo‘yicha professional-mutaxassislar, maxsus ta’lim, ta’limning boshqa boshlang‘ich guruhiga kiritilmagan professional-mutaxassislar, ta’lim sohasi tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha jami 460 dan ortiq pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati keltirilgan.


Dastlabki tasdiqlangan pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi yordamchisi lavozimi mavjud bo‘lmagan.


Biroq, keyinchalik Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 16-sentabrdagi 41-mh-son va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-sentabrdagi 63-q/q-son qarori bilan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan.


Shu sababli, tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlayotgan pedagoglar ham davlat oliygohlarida o‘qiyotgan farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalanishi mumkin.


Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasidan qanday foydalanish mumkin?

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Imtiyoz

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Maqsad pedagoglarga imtiyoz bermaslikmi? Pedagoglar farzandiga 30 foizlik chegirma berish atrofidagi savollar

Pedagog xodimlarning davlat oliygohida tahsil oladigan farzandlari 30 foizlik kontrakt chgirmasi uchun kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza yuborganda, ularning ota yoki onasi pedagog xodim emasligi tufayli, rad javobi berilmoqda.

17:40 / 22.10.2026
So'ragan edingiz

Xususiy maktabda ishlaydigan pedagoglarning oliygohda o‘qiydigan farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?

Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.

13:55 / 19.10.2026
So'ragan edingiz

Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?

Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.

17:45 / 16.10.2026
So'ragan edingiz

Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi: undan qanday foydalanish mumkin?

Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi.

09:33 / 15.10.2026