Xususiy maktabda ishlaydigan pedagog farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?
Savol
Xususiy maktab direktoriman, farzandim Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida o‘qiydi.
Men ham o‘qituvchilarning oliygohda o‘qiydigan farzandlari uchun berilayotgan 30 foizlik imtiyozdan foydalansam bo‘ladimi? Yoki bu xususiy maktab pedagoglariga tegishli emasmi?
Javob
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-sonli qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.
Faqat buning uchun talabaning otasi yoki onasi taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimda faoliyat olib borayotgan bo‘lishi lozim.
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarning tasdiqlangan ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-iyunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 3849-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Ro‘yxatning 9-bob, 436-pozitsiyasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori va oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari bundan mustasno) lavozimlari ham keltirilgan.
Shu sababli, mazkur imtiyozdan nodavlat ta’lim tashkiloti direktorlari ham foydalanishi mumkin. Ya’ni, mazkur imtiyozdan foydalanishda talabaning o‘zi davlat oliygohida tahsil olayotgan bo‘lishi lozim, uning ota yoki onasining davlat yoki nodavlat ta’lim tashkilotida ishlashi ahamiyatsiz.
Chegirmadan qanday foydalaniladi?
- talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi;
- tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi;
- tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi;
- ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun: 30% kontrakt chegirmasiga ariza berishdan avval fuqarolar pedagog toifasiga kirish yoki kirmasligini o‘zlari mustaqil ravishda tekshirib ko‘rishlari ham mumkin. Buning uchun my.edu.uz portalining “Pedagoglik maqomini aniqlash” xizmatidan foydalanish mumkin.
Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Comments 3
Please register to comment!
News
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
News on the topic
News
Maqsad pedagoglarga imtiyoz bermaslikmi? Pedagoglar farzandiga 30 foizlik chegirma berish atrofidagi savollar
Pedagog xodimlarning davlat oliygohida tahsil oladigan farzandlari 30 foizlik kontrakt chgirmasi uchun kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza yuborganda, ularning ota yoki onasi pedagog xodim emasligi tufayli, rad javobi berilmoqda.
Вы спрашивали
Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?
Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.
Вы спрашивали
Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasidan qanday foydalanish mumkin?
Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi.
Вы спрашивали
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.
English
Edit your comment