Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?
Savol
Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayman. Oliygohda o‘qiyotgan farzandimga 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun ariza yuborgandim.
Lekin kontrakt.edu.uz platformasidan rad etilganligi haqida xabar keldi. Men pedagog xodimlar farzandlari uchun beriladigan kontrakt toʻlovini 30 foizlik imtiyozdan foydalana olmaymanmi?
Javob
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ota yoki onaning farzandi bo‘lgan, davlat oliy ta’lim tashkilotiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarning tasdiqlangan ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-iyunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 3849-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Ro‘yxatning 9-bob, 436-pozitsiyasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori va oʻrinbosarlari (xoʻjalik ishlari bundan mustasno) lavozimlari ham keltirilgan.
Shu sababli, mazkur imtiyozdan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham foydalanishi mumkin. Platforma orqali rad javobi kelganligining sababi kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilishda texnik nosozlik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligi ishonch telefonlari orqali mas’ullar bilan bog‘lanib, texnik xatolikni bartaraf etilishni so‘rab murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
TIFV ishonch raqami: 1006
Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi: (55) 520-08-08 (201)
Sobiq MMTV: (71) 202-09-09
Comments 2
Please register to comment!
News
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
News on the topic
Вы спрашивали
Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasidan qanday foydalanish mumkin?
Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi.
Вы спрашивали
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.
News
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi chog‘ida pedagoglar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilishini ma’lum qildi.
Вы спрашивали
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berish tartibi qachon kuchga kiradi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.
English
Edit your comment