O‘qituvchilar “kollektiv” bo‘lib Yangi yil bayramini nishonlashi mumkin emasmi?
Savol
Biz, maktab jamoasi o‘z hisobimizdan dam olish kunlarida yangi yil bayramini nishonlamoqchi edik. Lekin yuqoridan bayramni korporativ tarzda nishonlamaslik haqida buyruq bo‘libdi. Deyarli, har yili shunday bo‘ladi.
Nishonlasak ham berkitiqcha, xuddi bir jinoyat qilayotganday o‘tkazamiz. Davlat tashkilotlarining ko‘pi budjet hisobidan katta bayramlar qilganida, o‘qituvchilarga bayram qilib bermaganiga yarasha, o‘zimiz tashkil qilishimizga ham ruxsat berilmasligi qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Pedagog xodimlarga Yangi yil bayram tadbirlarini korporativ bayram va tadbirlar sifatida tashkil etish bo‘yicha hech qanday taqiq mavjud emas.
Pedagog xodimlar dam olish kunlarida yoki ishdan bo‘sh vaqtlarida har qanday korporativ bayram va tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega. Bu ularning konstitutsion huquqidir.
Pedagog xodimlar ham erkin fuqaro. Ularning ish vaqtidan tashqari paytdagi xatti-harakatlarini cheklash, nazorat qilish mutlaqo qonunchilikka zid.
Undan tashqari Mehnat kodeksining 201-moddasiga ko‘ra har kungi dam olish, boshqa dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish) hamda ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish vaqti hisoblanadi.
Dam olish vaqti esa xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. Ya’ni, dam olish vaqtini xodimlar o‘zlari istagan holda o‘tkazishga haqli.
Shu sababli, pedagog xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra Yangi yil bayram tadbirlarini korporativ bayram va tadbirlar sifatida tashkil etishi mumkin.
Faqat bunday tadbirlarni maktab hududida o‘tkazish mumkin emas
Chunki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari” bilan maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlangan.
Shuningdek, ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish ham taqiqlangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Avvalroq tanlov g‘oliblari e’lon qilingandi
Yangiliklar
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
Yangiliklar
“2025-yil maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun xushxabarlarga boy bo‘ladi” – Hilola Umarova
Hilola Umarova ta’lim tizimi xodimlariga Yangi yil bayram tabrigini yo‘lladi
Yangiliklar
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang