Top.Mail.Ru
O‘qituvchining bir stavkadan ortiq dars soatlari vakant sifatida ko‘rsatilishi shartmi?

O‘qituvchining bir stavkadan ortiq dars soatlari vakant sifatida ko‘rsatilishi shartmi?

23:56 / 02.02.2025 15.82k

Savol

Assalomu alaykum, Ulug‘bek Po‘latov! Sizning yordamingiz kerak. Maktabimizda ikki yildan buyon 20 soatdan ortiq dars o‘tganimiz uchun direktorimiz jarima to‘laydi, bu qonuniy emasligini tushuntirsak ham, bu holat davom etmoqda. Direktorimizga vakant dars soati ko‘rsatmagansan deb jarima solishadi. Bu holat jonga tegdi. Bizga amaliy yordam bering, iltimos.


Javob

Ma’lumki, hozirgi kunda hududiy bandlik bo‘linmalari tomonidan umumta’lim maktabi o‘qituvchilar tomonidan bir stavkadan ortiq dars soatlarini, hatto minimal darajadagi ortib qoladigan dars soatlarini (1 yoki 2 soat) ham har oylik hisobotlarda vakant dars soatlari sifatida ko‘rsatib berishlarini talab qilish holatlari kuzatiladi.


Ya’ni, yuqori malakali o‘qituvchi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (3271-sonli) nizom asosida 20 soatdan ortiqroq dars olgan bo‘lsa-da, maktab direktori har oyda o‘sha o‘qituvchiga berilgan ortiqcha dars soatini hududiy bandlik bo‘limiga bo‘sh ish o‘rni sifatida ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda.


Aslida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 28-aprelda imzolangan “Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 243-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori 3-ilovasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgandi.


Unga ko‘ra, “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomga 20-band qo‘shilib, unda o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmasligi belgilangan.

Shuningdek, xalqtaliminfo.uz mazkur masala bo
‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnatga haq to‘lash va mehnat standartlari boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qarshiyevdan intervyu olganida, yuqoridagi ma’lumotlar asosli ekanligi o‘z isbotini topgandi.


Lekin afsuski, haqiqatdan ham ushbu normaga hududiy bandlik bo‘limlari tomonidan boshqa qonun hujjatlariga zid deya baho berilib, haligacha maktab direktorlarini jarimaga tortish holatlari kuzatilmoqda.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu masalada to‘liq bir to‘xtamga kelish maqsadida xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga rasmiy so‘rov xati yuborilishini ma’lum qiladi.

Vazirliklar tomonidan berilgan xulosalar haqida esa qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi. Bizni kuzatib boring.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumta’lim maktablarida dars soatlarini taqsimlash hamda direktor jamg‘armasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

17:50 / 10.11.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?

Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.

17:38 / 17.08.2026
So'ragan edingiz

Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026