“Turon” maktab teatri tanlovi g'oliblari chet elga sayohatga yuboriladi

13:48 / 11.02.2025
9.40k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 shart asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:
- 24-28-fevral kunlari — tuman (shahar) bosqichi;
- 10-29-mart kunlari — hududiy bosqich.
Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: @turonteatri_bot
- Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 17-fevral kuni soat 16:00 da yakunlanadi.
Tanlov yangiliklarini vazirlik telegram kanali hamda “Turon” maktab teatri kanali orqali kuzatib borish mumkin.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:30 / 08.09.2025
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi xalqaro Arktika ekspeditsiyasida ishtirok etdi

14:50 / 07.09.2025
Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi

15:01 / 05.09.2025
Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

15:29 / 03.09.2025
Izohingizni tahrirlang