Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Joriy yilning 11-aprel kuni Respublika “Kelajak” markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda tizimdagi tashkilot, muassasalar ishtirokida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda vazir E’zoza Karimova o‘zining qo‘l ostidagi xodimlari bilan birgalikda oqqon va saratonga chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan chizilgan suratlarni yuqori narxlarda sotib olgan. Bunda o‘quvchilarning ijod namunalari 15 million so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilingan.
Bu haqda jamoatchilik faoli, oqqon va saratonga qarshi kurash loyihasi asoschisi Marjona Nurmuhamedova ma’lum qildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
Tayinlov
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang