O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Xabaringiz bor, 2025-yil 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surib, o‘qituvchilarga 8 ta imtiyoz joriy etilishi haqida aytgandi. Ulardan biri pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovini 2 karra kamaytirish edi.
Joriy yilning 17-aprel kungi Vazirlar Mahkamasining 175-sonli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun ayrim davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi.
Endilikda pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida emas, 50 foizi miqdorida to‘lov qilinadi.
Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mni tashqil qilib, endilikda pedagog xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun 206 ming so‘m miqdordagi to‘lovni amalga oshiradilar.
Undan tashqari pedagog xodimlar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxlari ham 50 foizga tushirildi:
- ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari;
- umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;
- traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;
- rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
Yangiliklar
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqida eshitgandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
Yangiliklar
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat rahbari tomonidan o‘qituvchilar bayrami kuni oldidan e’lon qilingan imtiyozlar nega haligacha joriy qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang