Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun Toshkent shahridagi test o‘tkazilayotgan manzilga borganda, attestatsiya tizimidan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi. Pedagoglar vazirga o‘z e’tiroz va takliflarini bildirishdi.
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
“Testga kiring biz bilan. Iltimos! Sizlardan bitta vakil kirsin. Meni toping, men sizga isbotlab beraman” - degan o‘qituvchilardan biri.
Shuningdek, test uchun ajratilgan vaqt yetarli emasligi, shunga yarasha vaqt qo‘shib berilishi kerakligi ham aytilgan. O‘qituvchilarning fikricha, attestatsiyadan o‘ta olmaslik maktab jamoasida ularning obro‘siga jiddiy putur yetkazadi.
“Sizning yuragingiz og‘riydi, lekin maktabda shunaqa rahbariyat, shunaqa tizim bor, attestatsiyadan o‘tmagan o‘qituvchiga past nazar bilan qarashadi”, - dedi vazir bilan gaplashgan o‘qituvchi.
Pedagogning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar bunday murakkab test tizimiga hali moslashmagan.
Muloqot chog‘ida ular bu muammo bir necha yildan beri davom etayotganini va avgust oyida yana shunday noroziliklar boshlanishini aytishdi. Pedagoglar sobiq vazir Sherzod Shermatov davrida vaziyat biroq yaxshi bo‘lganini ham eslab o‘tishdi.
“Shermatov kelib, bir ko‘tarib ketdilar-ku. Hamma o‘qituvchilar xursand edi. Mana, ikki-uch yildan beri yana muammo. Attestatsiya — yana muammo. Avgustda yana shunaqa to‘polon bo‘ladi. Ishonmasangiz, meni toping, men sizga isbotlab beraman”, - deya qo‘shimcha qilgan o‘qituvchi.
Ma’lumot uchun: Har safar attestatsiya jarayonlari boshlanganda ko‘plab norozichiliklar boshlanadi. Masalan, bir nechta fan o‘qituvchilari vazirlikni sudga berishga ham majbur bo‘lgan.
Sudlar vazirlik foydasiga qaror chiqargan bo‘lsa-da, keyinchalik tarix fani o‘qituvchilari haq bo‘lib chiqqandi. Undan tashqari 2025-yil kuzgi attestatsiya jarayonlari ham o‘qituvchilar orasida keskin norozichiliklarga sabab bo‘lgandi.
Izohlar 53
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
Erkinjon Turdimov vazir lavozimiga tayinlangandan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
Prezident To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmaganini aytdi.
Yangiliklar
Erkinjon Turdimov vazir lavozimiga tayinlangandan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi
Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv sobiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida o‘tkazilgan. Unda sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari ko‘rinish bermagan.
Bilasizmi?
Maktab o‘qituvchilari orasidan ta'lim vaziri chiqqanmi?
Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 11 nafar ta’lim vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan atigi 3 nafari – Jo‘ra Yo‘ldoshev, Temur Shirinov hamda E’zoza Karimova o‘z faoliyatini maktabdagi oddiy o‘qituvchilikdan boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor.
Bilasizmi?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang