Maktabga bormay sotuvchilik qilib yurgan o‘quvchi oradan ikki oy o‘tib nazoratga olindi
15 yoshli maktab o‘quvchisining jinoyatchilikni orzu qilib gapirgan so‘zlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda Oyina.uz nashri.
Ta’kidlanishicha, hozirda jinoyatchi bo‘lishni orzu qilib yurgan ushbu o‘spirin shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Mas’ul xodimlar bolaning onasi bilan bog‘langanda, u farzandini olib ketishga imkoni yo‘qligini bildirgan.
Xabarga ko‘ra, u 2024-yilda ham mazkur markazga olib kelingan. O‘sha davrdayoq uning nazoratsiz Toshkent shahrining har xil ko‘chalarida, turli tumanlarda yurgani aniqlangan.
Nimani targ‘ib qilib, nima haqida gapirayotganini fahmlamagan o‘spirinni videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan shaxsga ham chora ko‘rildi.
Yunusobod tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritildi.
Xabarda aytilishicha, u videoga tushib berishi uchun bolaga 500 ming so‘m miqdorida pul va’da qilgan.
“Xotira maydonida sayr qilib yurgan paytimda bir bola kelib, “popcorn” sotishini aytdi. Keyin “Videoga tushib berasanmi?” desam, “Tushib beraman”, dedi. O‘zimning Instagram tarmog‘imga, odamlar sonini ko‘paytirish maqsadida joyladim, videoni. Iltimos, kechiringlar meni. Qilgan ishimdan afsusdaman men. Bunaqa videolarni olmaslikni tavsiya beraman. Bunaqa yo‘llarda yurmanglar. Bu yo‘l noto‘g‘ri”, deya uzr so‘radi u.
Aniqlanishicha, bola 2 oydan beri ota-onasining qarovisiz qolgan hamda maktab ta’limini olmay, ko‘chada sotuvchilik bilan shug‘ullanib kelgan.
Yakunda holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188 -1-moddasi (voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish) bilan BHMning 15 barobari miqdorida jarima belgilangan.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB ushbu huquqbuzarlik uchun bolaning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi(voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelish)ga muvofiq BHMning 25 baravarigacha miqdorida jarima solinishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligini eslatib o‘tgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
2026-yildan boshlab maktab o‘quvchilarda shubhali yoki salbiy xulq alomatlari kuzatilsa, bu haqida ota-onalarni o‘z vaqtida xabardor qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilandi.
Yangiliklar
O‘quvchi qiz sinfdoshini qo‘rqitish uchun maktabga pichoq olib keldi
Buxorodagi qator maktablarda o‘quvchilarining sumkalaridan sovuq qurollar (pichoq, qaychi, kastet) va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi vositalar topildi.
Yangiliklar
Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi
1989-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining uch nafar voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanib, tilanchilik bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang