Top.Mail.Ru
Endilikda vazirining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha alohida o‘rinbosari bo‘ladi

Endilikda vazirining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha alohida o‘rinbosari bo‘ladi

16:25 / 27.01.2026 236

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishida shu yildan boshlab narko ekspress-testlardan ommaviy foydalanishga o‘tilishi belgilandi. 


Qayd etilishicha, endilikda giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida rahbarning alohida o‘rinbosari bo‘ladi. 


Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining o‘rinbosarlaridan biri bu yo‘nalishga mas’ul etib belgilanadi.


Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi, “soya”da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p. Ularning aksariyati yoshlar. 


Ular narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20-25 million so‘m sarflayapti. Giyohvand mablag‘ topish ilinjida jinoyatga qo‘l urishi tabiiy. O‘tgan yili respublika bo‘yicha 64 nafar shaxs giyohvand modda ta’sirida jinoyat qilgan, uning uchtadan bittasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yil fevral oyidan narkojinoyat sodir etishga moyil (sodir etayotgan) o‘quvchilarni aniqlagan va huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabar bergan pedagoglarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi belgilangandi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Giyohvandlik
  • Jinoyatchilik

Ulashish