Maktablar atrofida xavfli konfet tarqatilmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlardagi maktabda o‘quvchilarga noma’lum tarkibdagi konfet tarqatilayotganligi haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirib, holatni o‘rganayotganligini ma’lum qildi.
IIV tomonidan aniqlanishicha, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi X.M. (2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) mazkur hududda joylashgan savdo do‘konidan 1.000 so‘mga 3 dona "STRAWBERRY" nomli konfetni sotib olgan, so‘ng maktabga kelgan vaqtida sinfdoshi O.A. undan shirinlikni qayerdan olganligini so‘raganda, unga go‘yoki notanish shaxs berib ketganligini o‘ylab topib, yolg‘on aytgan.
Maktab hamshirasi O.A. bolaning gapidan xulosa qilib, ijtimoiy tarmoqlarga maktab atrofida "STRAWBERRY" nomli shubhali konfetni maktab o‘quvchilariga noma’lum shaxslar berganligi haqidagi haqqoniy bo‘lmagan xabarni tarqatgan.
Shuningdek, konfet iste’moli oqibatida bola nobud bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar ham mutlaqo haqiqatga ziddir. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, konfetning tarkibida inson sog‘lig‘iga zararli moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
2026-yildan boshlab maktab o‘quvchilarda shubhali yoki salbiy xulq alomatlari kuzatilsa, bu haqida ota-onalarni o‘z vaqtida xabardor qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar
Giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Maktab direktori sherigi bilan shartli xaridorga qariyb 1 kg opiy giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.
Yangiliklar
Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payayotgani aytildi
Narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilgan
O'zbek
Izohingizni tahrirlang