Maktablarning 25 foizi xavfli yo‘l yoqasida joylashgani aytildi

2024-yilda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani)ning O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, respublikadagi maktablarning 25 foizi avtoyo‘llarga yaqin hududlarda joylashgan bo‘lib, aynan ularning atrofida bolalar bilan yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lish xavfi kattaligini ta’kidlandi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda voyaga yetmaganlarga nisbatan 1073 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilganligi fakti ham sohada yanada tizimli va manzilli choralar ko‘rish zarurligini taqozo etadi.
Shu bois Bolalar ombudsmani qonunchilikda ko‘zda tutilgan hamkorlik doirasida Vazirlar Mahkamasiga maktabga qatnashishda bolalarni yo‘l-transport hodisalaridan himoyalash uchun maktablar oldida qulay va xavfsiz sharoitlarni tashkil etishga mutasaddi rahbarlarni jiddiy e’tibor qaratish zarurligi masalasini kiritgan.
Natijada, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qayd etilgan xavf guruhidagi maktablar oldida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylari 198 ta baland piyodalar o‘tish joylariga o‘zgartirildi va 655 ta qo‘shimcha yo‘l belgilar bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, bugun AOKAda IIV JXD YHXX rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi mavjud 10 mingga yaqin maktablarning 3,5 mingtasi xavfli yo‘l yoqasida joylashgani, bu bolalar ishtirokidagi YTHlar soni ortishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri ekani ta’kidlandi.
Mas’ullar mamlakatda 2024-yilda bolalar ishtirokida sodir etilgan YTHlar 2023-yilga nisbatan 3 foizga kamayganini ma’lum qildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Samarqandda 10-sinf qiz avtohalokatga uchrab vafot etdi

Attestatsiyada 80 ball yiqqan o'qituvchilar 6 mln so‘mlik vazir ustamasini olishi mumkin bo'ladi

O‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga ko‘paydi

Yangi o‘quv yilidan CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktablar yaqinida 30 km/s tezlikdan oshganlar jarima to‘laydi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori imzolangan

2024-yil 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Izohingizni tahrirlang