Top.Mail.Ru
Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi

18:50 / 13.04.2025 38.25k

PIRLS tadqiqoti natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining bilimini, o‘qigan matnini qay darajada tushunishi, shundan kelib chiqib fikrlay olishi tahlil qilinadi.


PIRLS tadqiqoti 2001-yildan boshlab har besh yilda bir marta tashkil etilib kelinmoqda. Hozirgacha u besh marta — 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o‘tkazilgan. 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bosqichda 61 davlat ishtirok etishi rejalashtirilgan.


PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro tadqiqoti Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan.


O‘zbekistonda aprel-may oylarida 30 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.


Bu haqda joriy yilning 11-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova raisligida o‘tkzailgan “Vazir soati”da aytildi.


Mas’ul xodimlarga tanlab olingan 30  ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotini o‘tkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratish, har bir maktab o‘quvchilarning soniga nisbatan yana qo‘shimcha 3 ta kompyuter jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Eslatib o‘tamiz, PIRLS 2021 tadqiqotida O‘zbekiston o‘quvchilari ham ilk bor ishtirok etib, unda 57 ta mamlakat orasida 49-o‘rinni egallagandi. 


Bunda birinchi o‘rinni Singapur, ikkinchi o‘rinni Irlandiya, uchinchi o‘rinni Gonkong mamlakati egallagan. 


Ma’lumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-o‘rin, Qozog‘iston 38-o‘rin, Gruziya 41-o‘rin va Ozarbayjon 48-o‘rinlarni egallagan.

Izohlar 13

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Maqola muallifi

Umirov Muzaffar

Umirov Muzaffar

Muxbir

Teglar

  • xalqaro tadqiqot

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Ta'lim siyosati

O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi

O‘zbekiston 2027-yilda 4- va 8-sinf oʻquvchilari TIMSS tadqiqotida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston 2029-yilda PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi.

12:22 / 22.09.2026
TALIS tadqiqoti

“O‘qituvchilar maoshidan qoniqadi, 95 foizi o‘z ishidan mamnun” — TALIS 2024

TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. Natijalar esa ko‘pchilikni mulohazaga chorlashi aniq. Chunki, unda o‘zbekistonlik o‘qituchilar oylik maoshlaridan qoniqishi, o‘z ishidan mamnun ekanligi, o‘qituvchilik kasbi ularning ongli ravishda qilgan birinchi tanlovi ekanligi va yana shunga o‘xshash bir-biridan qiziqarli natijalarni ko‘rishingiz mumkin.

00:23 / 18.10.2025
Yangiliklar

“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer

Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblangandi. Bu ayblovlar PISA 2025 tadqiqotida barcha prezident maktablarining ishtirok etayotgani bilan izohlangandi.

14:05 / 14.05.2025
Ta'lim siyosati

“Vazirlikka haqqoniy tahlil, natijalar kerak, ko‘zbo‘yamachilik emas” — Hilola Umarova

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblandi. Bu ayblov PISA 2025 tadqiqotida barcha Prezident maktablari “tasodifiy” tanlab olinganligi bilan izohlangan.

17:50 / 11.05.2025