Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi

PIRLS tadqiqoti natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining bilimini, o‘qigan matnini qay darajada tushunishi, shundan kelib chiqib fikrlay olishi tahlil qilinadi.
PIRLS tadqiqoti 2001-yildan boshlab har besh yilda bir marta tashkil etilib kelinmoqda. Hozirgacha u besh marta — 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o‘tkazilgan. 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bosqichda 61 davlat ishtirok etishi rejalashtirilgan.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro tadqiqoti Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan.
O‘zbekistonda aprel-may oylarida 30 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Bu haqda joriy yilning 11-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova raisligida o‘tkzailgan “Vazir soati”da aytildi.
Mas’ul xodimlarga tanlab olingan 30 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotini o‘tkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratish, har bir maktab o‘quvchilarning soniga nisbatan yana qo‘shimcha 3 ta kompyuter jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, PIRLS 2021 tadqiqotida O‘zbekiston o‘quvchilari ham ilk bor ishtirok etib, unda 57 ta mamlakat orasida 49-o‘rinni egallagandi.
Bunda birinchi o‘rinni Singapur, ikkinchi o‘rinni Irlandiya, uchinchi o‘rinni Gonkong mamlakati egallagan.
Ma’lumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-o‘rin, Qozog‘iston 38-o‘rin, Gruziya 41-o‘rin va Ozarbayjon 48-o‘rinlarni egallagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer
Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblangandi. Bu ayblovlar PISA 2025 tadqiqotida barcha prezident maktablarining ishtirok etayotgani bilan izohlangandi.

“Vazirlikka haqqoniy tahlil, natijalar kerak, ko‘zbo‘yamachilik emas” — Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblandi. Bu ayblov PISA 2025 tadqiqotida barcha Prezident maktablari “tasodifiy” tanlab olinganligi bilan izohlangan.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar TIMSS tadqiqotida ham past natija ko‘rsatdimi?
TIMSS 2023 natijalari e’lon qilindi

Germaniya PISA tadqiqotida past natija qayd etgach "PISA-shok" dasturini qabul qilgan
Germaniya 2000-yilda PISA tadqiqotlarida ilk marta ishtirok etganida xuddi O'zbekiston kabi past natijalarni qayd etgan.
Izohingizni tahrirlang