Attestatsiyada qatnasholmagan o‘qituvchilar nima qiladi?
Savol
Men attestatsiya kuni O‘zbekistonda emasdim, oxirida topshirishga ruxsat beriladimi? Nima qilish kerak, ruxsat olish uchun? Rahbarlarimizga aytsam, oxirida so‘rasa beramiz deydi, unda kech bo‘lmaydimi?
Javob
Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur nizomning 45-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Quyidagi holatlar uzrli sabablar deb baholanadi:
- xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
- respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
- vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi;
- yaqin qarindoshining vafoti;
- vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar.
Demak, pedagog xodimning vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi sababli test sinovlarida ishtirok etolmaydigan bo‘lsa, attestatsiya test sinovi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Bunda uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang