Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng o‘z delegatsiyasi bilan birga Londonda tashkil etilgan butunjahon ta’lim forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgandi.
Vazir ishtirokidagi mazkur forumda bugungi kunda ta’lim sohasida mavjud yangi tendensiyalar va innovatsion g‘oyalar, ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish, turli davlatlar tajribasi asosida ta’limdagi muvaffaqiyatlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so‘z borgan.
Mazkur forum doirasida esa Hilola Umarova Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan uchrashgan.
Uchrashuvda Stiven Morgan maktabgacha ta’lim yo‘nalishida Buyuk Britaniya tajribasi haqida vazirga so‘zlab berdi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlik va ikki tomonlama tajriba almashish masalalarini ham muhokama qilishgan. Bundan tashqari, o‘zaro muloqot davomida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashildi.
Forumdan so‘ng vazir Umarova O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida gaplashilgan.
Shu bilan birga, Buyuk Britaniyada ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi hamkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etilgan.
Xabar qilinishicha, VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolangan.
Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistondagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, xususan 500 nafardan ortiq angliyalik o‘qituvchilarning jalb qilinishiga kelishilgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Maktab direktorligidan Prezident Administratsiyasigacha: Hilola Umarovaning karyera yo‘li
Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hilola Umarovaning ishdan olinishi va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ko‘pchilik uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.
Yangiliklar
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat rahbari tomonidan o‘qituvchilar bayrami kuni oldidan e’lon qilingan imtiyozlar nega haligacha joriy qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.
Yangiliklar
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
U “Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini yoqladi.
Ta’limga oid yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
8-sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’lim islohoti bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini isloh qilish masalalari yuzasidan taqdimot qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang