A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Kazakova Saxiba Abdurayimovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Bundan avval, ya’ni 2024-yil 30-iyulda ushbu lavozimga Burxonxo‘jayeva Xushnamo Madaminovna tayinlangandi. Keyinroq Xushnamo Madaminovna lavozimidan ozod etilib, 2025-yil 4-aprel kuni xuddi shu lavozimga Raxmanov Zafarjon Yashinovich tayinlangandi.
Oradan qariyb 4 oy vaqt o‘tgach, mazkur lavozimga yana yangi tayinlov amalga oshirildi.
Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlangan Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
Ta’limdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan. Mehnat faoliyati davomida Respublika ta’lim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda ishlagan.
2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markaziga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang