Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ham 50 foiz ustama to‘lanadimi?

Savol
Yaqinda maktab direktorlari uchun mo‘ljallangan menejerlik kursida o‘qib, sertifikat olgandim. Sertifikatni “zavuch”ga ko‘rsatib, qo‘shimcha ustama yozib bering desam, bu ustama siz uchun emas, deyapti.
Axir men 1 oy o‘qib, sertifikatni qo‘lga kiritdim-ku, “zavuchning” bu harakatlari qonuniymi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Nizomga ko‘ra, maktab direktori lavozimiga nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda maktab direktorlari uchun belgilangan malaka talablariga javob bergan taqdirda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etiladigan menejerlik kursida o‘qishi mumkin.
Bunda, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Aytaylik, ta’lim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchi menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritdi, bunda u faqatgina maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi, ammo qo‘shimcha ustama ololmaydi.
Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarorining 2-b bandida faqatgina menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarga (maktab direktorlariga 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga 30 foiz) qo‘shimcha ustama to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Ya’ni, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchi maktab direktori lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, maktab direktori sifatida ish faoliyatini boshlagan taqdirdagina uning oylik ish haqiga 50 foiz ustama to‘lash boshlanadi.
Xulosa shuki, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga mazkur ustamalar to‘lab berilmaydi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
Mavzuga doir yangiliklar

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tizimini takomillashtirishning zaruriy ahamiyati nimada?
Mazkur maqolada menejerlik sertifikati talabining yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Izohingizni tahrirlang