Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Yangi Zelandiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
Unga ko‘ra, 16 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi, Facebook va TikTok kabi kompaniyalar esa foydalanuvchilarning yoshini tekshirish majburiyatiga ega bo‘ladi.
Shu kabi hujjat allaqachon Avstraliyada kuchga kirgan, Yangi Zelandiya Milliy partiyasi deputati Ketrin Uedd esa qo‘shni davlat namunasi asosida bu qonunni mamlakat parlamentiga ham kiritishni taklif qilgan. Partiyaning ayrim a’zolari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, biroq boshqa amaldorlar betaraf pozitsiyada qolgan.
Bosh vazir Kristofer Laksonning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish o‘smirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularda stress, tazyiq (bulling) va o‘z-o‘zini baholash muammolarini keltirib chiqaradi.
Qonun loyihasining parlamentda muhokamasi qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri bo‘yicha hisobot 2026-yil boshida tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
Tojikiston
Tojikiston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Tojikiston parlamenti deputati Dilnoza Ahmadzoda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang