Top.Mail.Ru
O‘quvchisi kam bo‘lgan maktablar yopilmoqda — Hindiston

O‘quvchisi kam bo‘lgan maktablar yopilmoqda — Hindiston

12:37 / 19.12.2025 65

Ma’lumki, Hindiston dunyodagi eng yirik ta’lim tizimiga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanib, u o‘ziga millionlab o‘quvchilar va millionlab o‘qituvchilarni qamrab oladi. 


Misol uchun, rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Hindistonda taxminan 1,5 millionga yaqin maktablar faoliyat yuritmoqda, ularda esa 250 millionga yaqin o‘quvchilar tahsil olib, maktabda ishlaydigan o‘qituvchilar soni esa 10 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.


Ammo, Hindistonda aholi soni ko‘pligi hisobiga maktablarga ehtiyoj qanchalik yuqori bo‘lmasin, o‘quvchisi kam bo‘lgan ayrim maktablar yopib yuborilmoqda.


Masalan, Hindistonning Chhatrapati Sambhajinagar shahrida so‘nggi ikki yil ichida maktab qo‘ng‘iroqlari birin-ketin jaranglashdan to‘xtadi. Chunki, hozirgi kunda shahar hokimiyati tomonidan qariyb 20 ta shahar maktabi yopib qo‘yilgan. Bunga sabab esa oddiy sinfxonalarda o‘quvchilar soni belgilangan miqdordan kam.


Ma’lumotlarga ko‘ra, yopilgan maktablarning aksariyati Marathi va Urdu tillarida ta’lim beruvchi muassasalar bo‘lib, ular kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun yagona ta’lim olish imkoniyatini berayotgandi.

“Ayni vaqtda bolalar boshqa maktablarga ko‘chirilgan, biroq bu maktablar ularning yashash joyidan ancha uzoqda. Ko‘pchilik ota-onalar esa xususiy maktablar uchun to‘lov qilish imkoniga ega emas”, - deydi ta’lim faoli Manish Narawade.

Jamoatchilik vakillari va Hindiston aholisi yana bir raqamdan xavotirda: bir necha yil avval shaharda 82 ta shahar maktabi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 50 taga tushib ketgan.


Shahar hokimiyati bir tomondan Hindiston milliy ta’lim kengashi (CBSE) tizimidagi maktablarni targ‘ib qilayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan an’anaviy mahalliy tillarda ta’lim beruvchi maktablarni yopib qo‘ymoqda. Bu esa jamoatchilikning keskin tanqidlariga sabab bo‘lmoqda.

“Bu maktablarni na tizim, na o‘qituvchilar saqlab qolishga urinmoqda. Agar kamida bir nechta maktab qayta ochilsa, yuzlab bolalar ta’limdan uzilib qolmaydi”, - deydi Narawade.

Rasmiylar tomonidan “Bu siyosat masalasi”, “20 nafardan kam o‘quvchisi bor maktablar yopilishi kerak. Barcha bolalarni yaqin maktablarga joylashtirishga harakat qilinyapti”, degan javoblar berilgan. Shuningdek, shahar ta’lim bo‘limlari maktablarning yopilishini hukumat maxsus ko‘rsatmalari bilan izohlamoqda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Maqola muallifi

Umirov Muzaffar

Umirov Muzaffar

Muxbir

Teglar

  • Hindiston

Ulashish