Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti
Hindistonda 2024-2025-o‘quv yilida maktabga bormayotgan bolalar soni 1,1 million nafardan oshdi. Xabar.uz nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat ta’lim vaziri deputatlardan birining so‘roviga yozma javobida shunga iqror bo‘lgan.
“Ta’lim olish imkoniyati cheklangan bolalar soni eng ko‘p Uttar-Pradesh shtatida — 784 228 nafar, undan keyingi o‘rinlarda Jarkhand (65 070) va Assam (63 848) shtatlari”, - dedi ta’lim vazirining o‘rinbosari Jayant Chaudhari.
Hindiston ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021–2022-o‘quv yilida maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar jami soni 265 235 830 nafar bo‘lgan.
Shundan 127 335 252 nafari — qizlar, 137 900 578 nafari — o‘g‘il bolalar. 2021-yilda Hindistondagi 1,48 milliontadan ziyod maktabda qariyb 10,55 million nafar o‘qituvchi dars bergan.
Hindistonda maktabga bormagan o‘quvchilar sonini foizlar misolida oladigan bo‘lsak, hind maktablaridagi umumiy davomat ko‘rsatgichi 99.59% ni tashkil etmoqda. Ammo Hindiston ta’lim vaziri qanchalik to‘g‘ri ma’lumot berganligi bizga qorong‘i.
O‘zbekiston maktablaridagi davomat ko‘rsatgichi qanday?
Garchi, Hindistonda darslarga bormaydigan o‘quvchilar son jihatdan ko‘p bo‘lsa-da, lekin bu davomat foizlari bilan solishtirilganda, O‘zbekistonga nisbatan yuqoriroq natija deyish mumkin.
Ya’ni, Hindistondagi o‘quvchilar soni O‘zbekistondagi o‘quvchilar soniga nisbatan 39 barobar ko‘p. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 6 mln 772 ming nafar o‘quvchilar tahsil olib, 2022-yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan, 2023-yilga kelib esa, o‘rtacha davomat 82,5 foizga tushib ketgan.
Davomatning eng past ko‘rsatkichlari yuqori sinf, ya’ni 10-11-sinf o‘quvchilari orasida kuzatilgan, ya’ni 78,4 foizni tashkil etgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekistonda majburiy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash uchun Hukumat Milliy gvardiyani maktab davomatini kuzatish va ta’minlash maqsadida safarbar qildi. Bu esa, ma’lum bir davr mobaynida davomat foizlarining o‘sishiga xizmat qildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
Shuningdek, 2025-yil davomida maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Hindiston
O‘quvchisi kam bo‘lgan maktablar yopilmoqda — Hindiston
Hindistonda aholi soni ko‘pligi hisobiga maktablarga ehtiyoj qanchalik yuqori bo‘lmasin, o‘quvchisi kam bo‘lgan ayrim maktablar yopib yuborilmoqda.
Yangiliklar
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Maxsus kameralar orqali “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularning fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar
May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang