A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Xakimova Dildoraxon Mashrabjonovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Dildoraxon Xakimova Andijon davlat universitetini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Ta’limdagi mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutida o‘qituvchilikdan boshlagan.
2016-2019-yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorant, katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.
2019-2021-yillarda A.Avloniy nomidagi institutda “Ta’limni boshqarish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti, 2021-2024-yillarda Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ijtimoiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun: Avvalroq ushbu lavozimda ishlagan Kazakova Saxiba Abdurayimovna Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlanganligi sababli, egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markaziga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang