Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkaziladi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yoshlar bilan muloqotda ma’lum qildi.
“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi”, – dedi prezident.
Uchrashuvda axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.
Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.
Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.
Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Ayrim maktablarda badiiy adabiyotlar soni bir o‘quvchiga atigi 0,5–1 nusxadan to‘g‘ri kelmoqda. Ba’zi maktab kutubxonalarining jami kitob fondi esa 500 nusxaga ham yetmaydi.
Yangiliklar
8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
8-sinf o‘quvchisi Dilbarxon Haydarova 356,7 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Chazor” elektromobilini qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar
Har bir maktabga mingta kitob berilmoqda
Tashabbus Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovdan chiqqan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang