Top.Mail.Ru
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi

Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi

14:50 / 24.02.2026 319

Yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkaziladi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yoshlar bilan muloqotda ma’lum qildi.


“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi”, – dedi prezident. 

Uchrashuvda axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi. 


Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi. 


Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi. 


Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi. 


Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Kitobxonlik

Ulashish