Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–277-son, 08.09.2025 y.) bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilinishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 7-sonli buyrug‘iga ko‘ra maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinib, bunda magistratura yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, joriy yilning 22-aprel sanasidan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovga start berilgan.
Ammo, Respublika “Kelajak” markazi bosh mutaxassisi Nodirbek Murodovning xabar berishicha, ayni vaqtda oliy ta’lim tashkilotlarining 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalari ham maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilinmoqda.
Bunda talabalar diplom o‘rniga o‘qish joyidan elektron platforma orqali olingan ma’lumotnomani yuklashi talab qilinadi. Ya’ni, xabarda aytilishicha, 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtiq ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalari oliygohda o‘qiyotganlik haqidagi ma’lumotnoma orqali maktab maslahatchisi lavozimiga da’vogarlik qilishi mumkinligi aytilgan.
Shuningdek, “Kelajak” markazining rasmiy sahifasiga 2026-yil 2-may kuni joylangan postda ham oliy ta’lim muassasasida 4-bosqichni tamomlayotgan hamda sirtqi ta’limda 5-bosqichda tahsil olayotgan talabalar ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘z nomzodlarini ilgari surishlari mumkinligi aytilgan.
“Kelajak” markazi rasmiylari talabalarni maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan bo‘lsa-da, ammo bu Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 7-sonli buyrug‘iga zid hisoblanadi.
Chunki, mazkur buyruqqa ko‘ra maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinishi belgilangan. Hozirda esa maktab maslahatchisi lavozimi uchun belgilangan malaka talablariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida vazirlikning boshqa buyrug‘i imzolanmagan (buni vazirlik rasmiylari tasdiqladi).
Bu holat ayrim huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin
Agar “Kelajak” markazi vazirlikning buyrug‘iga zid ravishda talabalarni maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilishda davom etsa, bu holat keyinchalik turli xil huquqiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Birinchidan, normativ hujjatlarga zid ravishda ishga qabul qilingan shaxslarning mehnat shartnomalari haqiqiy emas deb topilishi ehtimoli mavjud. Bu esa keyinchalik mehnat nizolariga sabab bo‘lishi, ish beruvchi va xodim o‘rtasida huquqiy bahslarni yuzaga keltirishi mumkin.
Ikkinchidan, bunday lavozimlarga noqonuniy tarzda qabul qilingan xodimlarga to‘langan ish haqi va boshqa to‘lovlar moliyaviy tekshiruvlar jarayonida noqonuniy xarajat sifatida baholanishi mumkin.
Natijada mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanishi ehtimoli mavjud.
Uchinchidan, tenglik va ochiqlik tamoyillari buziladi. Chunki qonuniy talablarga javob beradigan, diplomga ega nomzodlar o‘rniga hali o‘qishni tugatmagan talabalar ishga olinishi tanlov jarayonining shaffofligiga putur yetkazadi.
Shu sababli, tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur masalaga aniqlik kiritilishi, mavjud ziddiyatlar bartaraf etilishi va yagona, huquqiy asoslangan yondashuv ishlab chiqilishi zarur.
Izohlar 12
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?
Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.
Yangiliklar
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Joriy yilning 22-aprel sanasidan boshlab 7 695 ta maktablardagi vakant maslahatchi lavozimi uchun tanlovga start berilgandi.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang