Vazir ustamasi puli “otpusknoy”ga qo‘shiladimi?
Savol
Men maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Ikki o‘quv yilidan buyon vazir jamg‘armasidan ustama olaman. Ammo har yili bizga ushbu ustama pullari qo‘shib hisoblanib, ta’til puli to‘lanmaydi. Vaholanki, undan daromad solig‘i olinadi. Ushbu masalaning qonuniy yechimi uchun maslahat bering, iltimos.
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga 1-ilova “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
MK 233-moddasi (Xodimga har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash) 1-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
MK 257-moddasi (O‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi) 2-qismiga ko‘ra, o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish uchun xodimga hisoblangan ish haqining tarkibiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, soliq solinishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan haqiqatda to‘langan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.
Demak, e’tibor bering, ish beruvchi tomonidan haqiqatda to‘langan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi deyilmoqda.
MK 19, 26-moddalariga ko‘ra, vazirlik sizning ish beruvchingiz emas, sizning ish beruvchingiz maktab hisoblanadi! Shu o‘rinda, bir narsani ta’kidlab o‘tsak, ko‘pchilik ish beruvchi sifatida maktab direktorini tushunadi, direktor ish beruvchi hisoblanmaydi, direktor MK 485-moddasiga ko‘ra, tashkilot rahbari hisoblanadi. Ish beruvchi va tashkilot rahbari boshqa-boshqa tushunchalardir, chalkashtirib yubormaslik lozim.
Demak, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan malakali pedagog kadrlarga to‘lanadigan har oylik ustama har yilgi mehnat ta’tili uchun o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishda hisobga olinmaydi.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
So'ragan edingiz
Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
G‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang