9-sinfni bitirganlarning har uchinchisi texnikumni tanlayapti
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi doirasida texnikumlarda qabul natijalari va yoshlarning kasb tanlash tendensiyalari tahlil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, 2020–2024-yillarda 9-sinf bitiruvchilari soni o‘rtacha 501 ming nafarni tashkil etgan. 2025/2026 o‘quv yilida 9-sinf negizida amalda 161 225 nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, bu o‘rtacha bitiruvchilar soniga nisbatan 32,2 2 foiz qamrovni tashkil etgan.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yil uchun belgilangan 29 foizlik maqsadli indikatordan yuqori bo‘lib, 2026-yil uchun belgilangan 34 foizlik ko‘rsatkichga yaqinlashganini ko‘rsatadi. Bu kasbiy taʼlim tizimi 9-sinf bitiruvchilari uchun muhim taʼlim trayektoriyasiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, qabul jarayonida asosiy talab oqimi aynan 9-sinf bitiruvchilari hisobiga shakllanmoqda. 2019–2024-yillarda 11-sinf bitiruvchilari soni o‘rtacha 393 ming nafarni tashkil etgan. 2025/2026 o‘quv yilida mazkur toifadan 87 905 nafar o‘quvchi texnikumlarga qabul qilingan bo‘lib, bu o‘rtacha bitiruvchilar soniga nisbatan 22,4 foiz qamrovni tashkil etadi.
9-sinf bitiruvchilari bilan taqqoslaganda, 11-sinf bitiruvchilarining kasbiy taʼlimni tanlash darajasi pastroq shakllangan. Bu esa texnikumlarga qabulning asosiy qismi umumiy o‘rta taʼlimning 9-sinfdan keyin amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, texnikumlarga qabul qilingan o‘quvchilarning qariyb uchdan ikki qismi 9-sinf bitiruvchilari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar orasida eng ommabop kasb va mutaxassisliklar quyidagilar:
- avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish – 20%;
- tikuvchilik – 7%;
- hamshiralik – 6%;
- traktorchi-mashinistlik – 5%;
- davolash ishi – 4%;
- kompyuter grafikasi va qayta ishlash ustasi – 4%;
- raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi – 3%.
Shuningdek, 41 ming nafardan ziyod o‘quvchi dual ta’lim shakliga qabul qilingan. Bunda har 6 nafar o‘quvchidan biri o‘qish bilan birga amaliy tajriba ham orttirmoqda.
Yana bir muhim jihat: kontrakt asosida qabul qilinganlarning qariyb 65 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot bilim sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
9-sinfni bitirganlarning har uchinchisi texnikumni tanlayapti
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Xususiy ta’lim tashkilotlari “xavf darajasi” bo‘yicha baholanadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang