Talabalar tibbiyotni haqiqiy murdalar orqali o‘rganmoqdami?
So‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekistonda oliy ta’lim qamrovi misli ko‘rilmagan darajada kengaydi. Universitetlar soni 69 tadan 222 taga yetdi, talabalar soni esa besh barobardan ko‘proq oshib, 2015-yildagi qariyb 264 300 nafardan 2025-yilga kelib 1,43 milliondan oshdi.
Shu bilan birga, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 2017-yildagi 9 foizdan 2023-yilda 42 foizga yetdi va 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 50 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Bilamizki, tibbiyotda ta’lim uzoq davom etadi — diplom olish bilan hammasi tugamaydi. Undan keyin amaliyotdan o‘tish va mustaqil ishlash uchun ruxsat olish talab etiladi. Ko‘plab talabalar hali o‘qishni tugatmasdan turib ham ishga joylashmoqda.
Boshqalari esa xususiy klinikalarda, norasmiy amaliyotda yoki xorijda ishlamoqda. International Labour Organization ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda norasmiy iqtisodiyot hali ham umumiy bandlikning katta qismini tashkil etadi, ayniqsa sog‘liqni saqlash ham shular orasida bor.
O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari soni o‘sib borayotgan bo‘lsa-da (2025-yil boshiga 107,5 ming nafar shifokor), aholi sonining o‘sishi va xususiy sektorning kengayib borishi tufayli vakant o‘rinlar hali ham saqlanib qolyapti.
2025-yil holatiga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb 60 foizi zarur tibbiy xizmatlardan to‘liq foydalana olmayapti. Bu muammo tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va McKinsey tahlillariga ko‘ra, 2030-yilga borib dunyo bo‘ylab tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi 10 milliondan 11 milliongacha yetishi prognoz qilinmoqda.
Sun’iy intellekt shifokorlik kasbini egallaydimi?
Hozirgi kunda sun’iy intellekt ko‘plab sohalarda inson o‘rnini egallayotgani hech kimga sir emas. Biroq, texnologiya qanchalik rivojlanmasin, shifokorlik kasbi sun’iy intellekt hech qachon to‘liq egallay olmaydigan kam sonli kasblardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ayniqsa, xususiy klinikalar sonining keskin ortib borayotgani mehnat bozorida kadrlar yetishmovchiligi masalasini ham kun tartibiga olib chiqdi. Yangi ochilayotgan klinikalar o‘rtasidagi raqobat malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni karrasiga oshirib yuboryapti. Bu esa zamonaviy shifokor uchun nafaqat yuqori daromad, balki kafolatlangan ish o‘rni deganidir.
Profi University xususiy oliygohi bosh direktori Nodirbek Xoshimov sun’iy intellektning rivojlanishi va uning tibbiyot sohasiga ta’siri haqida xalqtaliminofo.uz'ga o‘z fikrini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, shifokorlik kasbi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli sun’iy intellekt tomonidan osonlikcha almashtiriladigan soha emas, chunki bu soha individual yondashuvni talab etadi.
“Sun’iy intellekt bir xil bo‘ladigan, standartlashgan ishlarni o‘rnini bosadi. Chunki tibbiyotda juda ko‘p holatlarda individual yondashuv qilinadi. Ya’ni, bu sohada baribir individual yondashuv talab qilinadi”, - deydi Nodirbek Xoshimov.
Kelajak shifokorlarini qanday tayyorlash kerak?
Tibbiyotdagi har bir xato inson hayoti bilan o‘lchanadi. Shunday ekan, kelajak shifokorlarini faqat nazariya asosida tayyorlash qanchalik to‘g‘ri, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantirishi aniq.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda tibbiy ta’limga qiziqish keskin oshdi. Davlat va xususiy oliygohlar soni ortib boryapti, ko‘plab yoshlar esa shifokorlik kasbini tanlayapti. Hozirda davlat universitetlari bilan bir qatorda xususiy oliy ta’lim muassasalari ham ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi.
Biroq, son ortishi har doim ham sifat oshishini anglatmaydi. Sababi, O‘zbekistonda tibbiyot oliygohlari soni qancha ko‘p bo‘lmasin, shunga yarasha muammolar ham bor. Muammoning eng katta qismi amaliyot bilan bog‘liq. Ya’ni, talabalarga nazariya qanchalik chuqur o‘rgatilmasin, bu amaliyotda sinovdan o‘tkazib ko‘rilmasa, talabalar bilimidagi bo‘shliq o‘rni to‘lmay qolaveradi.
“Profi” ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Xatamovning aytishicha, O‘zbekistonda anatomiya haqiqiy murdalarga o‘rgatilmaydi, faqat patanatomiyada murdadan foydalanib o‘rganiladi, unda ham “morg” faqat davlat shifoxonalarida mavjud, xususiy sektorga esa ruxsat yo‘q.
Bunday o‘qitish tartibi avvalroq Toshkent davlat tibbiyot universiteti (ToshMI)da bo‘lgan, keyinchalik esa mazkur oliygohda ham murdalar orqali o‘rganish tartibi bekor qilib yuborilgan.
Oliygohlar bunga yechim berolyaptimi?
Bu savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Keling, yaxshisi bu savolga tibbiyot sohasi rivojlangan Hindiston oliygohlaridan biri misolida ko‘rib chiqsak. Hindistondagi Pravara Medical Sciences Universityda talabalar anatomiya fanini haqiqiy murdalar orqali o‘rganadi. Faqat o‘rganish emas, imtihon jarayonlarida ham aynan shu usul qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, tibbiy ta’limda homila rivojlanishi va turli patologiyalarni o‘rganish uchun maxsus saqlangan namunalar ham qo‘llaniladi. Ya’ni, talabalar kitobdagi rasm yoki model orqali emas, balki real holatni ko‘rib, tushunib boradi.
Eng avvalo, talaba bunda haqiqiy inson tanasini his qiladi. Oddiy qilib aytganda, u faqat ma’lumotlarni yodlab olmaydi, ko‘zi bilan ko‘rib, ushlab, anglab o‘rganadi. Bu esa keyinchalik haqiqiy bemor bilan ishlaganda o‘zini tutishi, qaror qabul qilishi va psixologik tayyorgarligiga katta ta’sir qiladi.
Qiziq tomoni, hatto Hindistonda ham murdalarni olish tartibi oson emas. Lekin ba’zi odamlar tirikligida o‘z tanasini ilm-fan uchun foydalanishga rozilik beradi. Keyinchalik ularning murdalaridan oliygohlardagi amaliyotda foydalaniladi.
O‘zbekistonda esa vaziyat biroz boshqacha. Yuqorida aytilganidek, anatomiya asosan modellar orqali o‘qitiladi. Haqiqiy murdalar bilan ishlash esa ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Shu nuqtada yana o‘sha savol tug‘iladi: xususiy oliygohlar bunga yechim bera olyaptimi?
Bu savolga yechim bor, deyish biroz qiyin. Chunki bu faqat bitta universitet hal qiladigan masala emas, u tizimli yondashuvni talab qiladi. Lekin ayrim oliy ta’lim muassasalari mavjud sharoitdan kelib chiqib, amaliyotni kuchaytirishga urinyapti.
Universitet bosh direktori Nodirbek Xoshimozvning aytishicha, Profi Universityda o‘quv jarayonini imkon qadar amaliyotga yaqinlashtirishga e’tibor qaratilib, aynan Hindistondagi Pravara Medical Sciences University bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Maqsad bitta — talabalarni real amaliyotga jalb qilish.
Masalaning muhim jihati shundaki, bu tashabbuslar qog‘ozda qolib ketmayapti. Amaliy natija sifatida, aynan shu o‘quv yilidan boshlab Pravara Institute of Medical Sciences bazasida xalqaro stajirovka dasturlariga Profi University talabalar yuborilmoqda.
Bu orqali ular real klinik muhitda ishlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini bevosita ko‘rish hamda ilmiy jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng muhimi, talaba o‘z bilimini tibbiyot rivojlangan davlat — Hindistonda sinab ko‘rib, haqiqiy shifokorlik muhitini his qiladi.
Undan tashqari Profi University bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ishlamoqda. Masalan, Hindistonning Ruby Hall Clinic bilan ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali talabalar zamonaviy tibbiyot — kardiologiya, onkologiya, neyroxirurgiya kabi yo‘nalishlardagi real tajribalar bilan tanishmoqda.
Amaliyot esa O‘zbekistondagi mashxur klinikalardan biri — Shox International Hospital va boshqa klinikalarda tashkil etilgan. Ya’ni, talaba faqat o‘qimaydi, qo‘li bilan ushlab ko‘radi va ishlaydi.
Xalqaro tajriba ham kengaymoqda. Savitribai Phule Pune University bilan talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, xorijiy professorlar esa dars jarayoniga jalb qilinmoqda. Shu bilan birga, Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti bilan hamkorlik orqali ilmiy va akademik yo‘nalish mustahkamlanmoqda.
Bugun tibbiyotdagi muvaffaqiyat faqat nazariya bilan emas, balki amaliy tayyorgarlik bilan belgilanadi. Aynan shu yondashuvni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rayotgan Profi University bo‘lajak shifokorlar uchun ishonchli tanlov bo‘lib qolmoqda. Bu esa haqiqiy shifokor bo‘lishini istagan abituriyentlar uchun muhim omil.
Eslatib o‘tamiz, Profi Universityga qabul faqatgina kirish imtihoni asosida amalga oshiriladi. Ayni vaqtda qabul jarayoni davom etmoqda.
Agar siz ham kelajakni jiddiy o‘ylayotgan bo‘lsangiz qarorni bugun qabulishning ayni vaqti.
HUJJAT TOPSHIRISH
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
Mavzuga doir yangiliklar
Oliy ta’lim
Oliygohlarda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Yangiliklar
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
2026-yilda 677 907 nafar abituriyent davlat oliygohlarida o‘qish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bu 2020-yildagi raqamlardan deyarli ikki barobar kam.
Oliy ta’lim
O‘zbekistonning ayrim oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda
2026-yil iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tashkilotlarida 1 605 028 nafar talaba tahsil olmoqda hamda 61 088 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Respublika bo‘yicha bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 30,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning atigi uchdan bir qismi talabalikka tavsiya etildi
Joriy yilning 13-iyun kuni Profi University'da o‘tkazilgan kirish imtihonlarida 3139 nafar abituriyent ishtirok etdi. Imtihon natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning 782 nafari yoki 25 foizi talabalikka tavsiya etildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang