Top.Mail.Ru
Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi

Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi

13:33 / 30.09.2026 746

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi chog‘ida pedagoglar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilishini ma’lum qildi.


Imtiyozlar paketi quyidagicha


  • Endilikda milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to‘lanadi;


  • Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchiga 30 million so‘mdan mukofot beriladi;


  • Yana 1000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;


  • Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.


  • Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplanadi.


  • Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifaga ega bo‘ladi.

Izohlar 3

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Imtiyoz

Ulashish