Prezident o‘qituvchilarga yangi imtiyozlar berilishini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi chog‘ida pedagoglar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilishini ma’lum qildi.
Imtiyozlar paketi quyidagicha
- Endilikda milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to‘lanadi;
- Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchiga 30 million so‘mdan mukofot beriladi;
- Yana 1000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
- Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
- Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplanadi.
- Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifaga ega bo‘ladi.
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi
Xususiy maktab va universitetlarda ichki ishlar inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Xususiy maktabda ishlaydigan pedagoglarning oliygohda o‘qiydigan farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?
Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.
So'ragan edingiz
Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?
Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.
So'ragan edingiz
Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi: undan qanday foydalanish mumkin?
Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi.
So'ragan edingiz
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang