Top.Mail.Ru
Oliy toifali “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” fani o‘qituvchisi boshlang‘ich sinfdagi “Tarbiya” faniga da’vogarlik qiloladimi?

Oliy toifali “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” fani o‘qituvchisi boshlang‘ich sinfdagi “Tarbiya” faniga da’vogarlik qiloladimi?

09:58 / 29.08.2026 3.72k

Savol

Men mutaxassislik bo‘yicha “Milliy g‘oya huquq va ma’naviyat asoslari” fani o‘qituvchisiman, toifam oliy, 70 foizli sertifikatim bor. Maktabda “Tarbiya” fanidan dars beraman. 


Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarimiz oliy toifaga ega emas, men mutaxassislik bo‘yicha boshlang‘ich sinflarga ham dars o‘tishim mumkinmi? 20 soat dars olish huquqiga egaman-ku.


Javob

Umumta’lim maktablarida dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.


Ma’lumki, “Tarbiya” fanini umumta’lim muassasalarida o‘qitilishi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qarori bilan tartibga solinadi. Mazkur qarorga ko‘ra, “Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilariga ham “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” fani o‘qituvchilari ham “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkin.


Bosh vazirning 2024-yil 16-apreldagi 30/1-1782-sonli ko‘rsatma xatida esa, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq ta’limi” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga 5-11-sinflarda, Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga esa 1-14-sinflarda “Tarbiya” fani bo‘yicha dars o‘tishi huquqi mavjudligi nazarda tutilgan. 


Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga ham, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq ta’limi” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga ham “Tarbiya” fanidan malaka toifasi boʻlmagan hollarda amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq toʻlanishi nazarda tutilgan.


Bunda  “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq ta’limi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan yuqori sinf o‘qituvchilari ham bir vaqtning o‘zida boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega bo‘lsa yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lsa, pedagoglarning tegishli ko‘rsatgichlariga qarab, ularga boshlang‘ich sinflardagi mavjud  “Tarbiya” fanidan ham ma’lum bir miqdorda dars soati berilishi mumkin. 


Agar ular bunday mutaxassislikka ega bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflardagi “Tarbiya” faniga da’vogarlik qilolmaydi. Chunki, dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomning (30.06.2020-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi qayd etilgan.


Mazkur band Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya sifatini oshirish hamda dars soatlari taqsimotidagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida kiritilgan. 


7–10 yoshli bolalarda tushunchalarni idrok etish va fanlarni o‘zlashtirish jarayoni yuqori sinf o‘quvchilarinikidan tubdan farq qiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan fanlar xususan, “Tarbiya” fani ham alohida boshlang‘ich ta’lim metodikasini talab etadi. 


Shu sababli, mazkur vaziyatda “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq ta’limi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega bo‘lmasa yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olmagan bo‘lsa, boshlang‘ich sinflardagi “Tarbiya” fanidan dars soatlariga da’vogarlik qila olmaydi. 


Bunda o‘qituvchining “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq ta’limi” mutaxassisligiga ega ekanligi ham, yuqori malaka toifasiga ega ekani ham ushbu talabni o‘zgartirmaydi.


Ushbu talabni bekor qilish uchun “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (3271-sonli) nizomga yana qayta qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kerak bo‘ladi.

Izohlar 3

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026
So'ragan edingiz

1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.

14:45 / 09.09.2026
So'ragan edingiz

Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi

Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18:08 / 05.09.2026
Yangiliklar

Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.

13:29 / 04.09.2026