Top.Mail.Ru
O‘qituvchiga 7 soat dars berildi, u yana 3 soat talab qila oladimi?

O‘qituvchiga 7 soat dars berildi, u yana 3 soat talab qila oladimi?

21:36 / 31.08.2026 4.44k

Savol

Musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman, II toifam bor. Dekret ta’tilidan endi qaytdim. Maktabda 22 soat dars bor. Sherigim ham bor, konservatoriyani bitirgan. Unda I toifasi bor, hozir unga 15 soat, menga esa 7 soat dars taqsimlandi. Men norozi bo‘ldim, 10 soat dars olmoqchiman.


Javob

Umumta’lim maktablarida dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.


Nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.


Yuqoridagi vaziyatda I malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 15 soat, II toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 7 soat dars taqsimlangan bo‘lib, bunda dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizom talablari buzilmagan.


Ya’ni, I malaka toifaga ega bo‘lgan pedagog dars taqsimotida II malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchidan yuqori ustuvorlikka ega.


Shuningdek, dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomda ustuvor ketma-ketliklar o‘rtasida dars soatlari miqdori aynan necha soat bo‘lishi kerakligi belgilanmagan.


Ya’ni, yuqori ustuvorlikka ega bo‘lgan o‘qituvchiga maksimal dars soatlari ajratiladi, biroq aynan necha soat ajratilishini pedagogik kengash hal qiladi.


7 soat dars olgan o‘qituvchi 10 soat dars talab qilishi mumkinmi?


Ha, pedagog xodimlar ularga taqsimlangan dars soatini ko‘paytirish bo‘yicha murojaat qilishga haqli. Yuqorida ta’kidlanganidek, dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan taqsimlanadi.


Shu sababli, pedagog xodim bunday vaziyatlarda dars soatlarini ko‘paytirilishini so‘rab, pedagogik kengashga murojaat qiladi.


Pedagogik kengash murojaatchining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlaridagi faol ishtirokiga yoki boshqa ko‘rsatgichlariga qarab dars soatlarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar berishi mumkin.


Xulosa qilib aytganda, 22 soatning 7/15 nisbatida taqsimlanishi nizomda belgilangan qat’iy norma emas. Shu sababli o‘qituvchi 10 soat dars berilishini so‘rab, dars taqsimotini qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab murojaat qilishga haqli.

Izohlar 5

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026
So'ragan edingiz

1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.

14:45 / 09.09.2026
So'ragan edingiz

Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi

Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18:08 / 05.09.2026
Yangiliklar

Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.

13:29 / 04.09.2026