Psixologlar ham attestatsiyadan o'tib toifa olishlari mumkinmi?

22:22 / 26.01.2024
2.84k
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda psixologlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan.
Ammo hozirga qadar ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasb standarti mavjud bo‘lmaganligi sababli ular attestatsiyaga jalb qilinmagan.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning xabar berishicha, ayni damda psixologlarning kasb standarti ishlab chiqildi.
"Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizom qayta ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng esa psixologlar ham attestatsiyadan o‘tib toifa olishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda psixologlarning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko‘ra farqlanib, quyidagicha belgilangan:
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m
Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m
Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m
Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

13:14 / 17.07.2025
Maktablarda aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

12:32 / 16.07.2025
Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi

11:27 / 16.07.2025
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

10:41 / 16.07.2025
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha vazirlik jami 6 marta sudga berilgan bo‘lib, 1 ta sud ishida vazirlik yutqazgani, 4 tasida esa yutib chiqqani ma’lum bo‘ldi.
12:35 / 11.07.2025

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi
Bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
11:44 / 03.07.2025

Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olsa bo‘ladimi?
Bunda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi, ammo...
10:30 / 02.07.2025

“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX
Pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘ldi.
08:25 / 19.06.2025
Izohingizni tahrirlang