Maktablarda aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova tomonidan Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida aniqlangan ayrim muammoli holatlar yuzasidan Toshkent viloyati hokimligiga senator so‘rovi yuborildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoitlar yaratish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilayotganiga qaramay, ayrim hududlarda maktablarning moddiy-texnik holati va infratuzilmasi bilan bog‘liq yechimini kutayotgan masalalar mavjud.
Xususan, Nurafshon shahri “Oppoq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va aholi yashash hududi oralig‘i devor bilan o‘ralmagan.
Maktabning aholi bilan tutashgan 900 metrlik chegara qismi ochiq bo‘lib, bu maktab hududida ekilgan daraxt va manzarali ko‘chatlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lmoqda.
Prezidentning 2022-yil 12-maydagi PQ–241-sonli qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning hududlarini o‘rash va boshqa zarur choralarni ko‘rish viloyat hokimliklari zimmasiga yuklatilgan.
Bundan tashqari, Zangiota tumani “Ibrat” mahallasida joylashgan 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun sport zali mavjud emas.
Maktabning sport zali Zangiota tumani hokimining 2017-yil 26-yanvardagi qaroriga asosan buzilgan bo‘lib, yetti yildan beri yangi sport zali qurib berilmagan. Natijada o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari to‘liq o‘tkazilmayapti.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, senator tomonidan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga asosan Nurafshon shahridagi 10-sonli maktab atrofini o‘rash orqali o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda Zangiota tumanidagi 21-sonli maktabda jismoniy tarbiya darslari uchun zarur sport inshootini barpo etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlardan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga parlament so‘rovi yuborildi
Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shinga parlament so‘rovi yuborildi

Ayrim maktablarda tibbiyot xonalari yo‘qligi uchun vazirga parlament so‘rovi yuborildi
Mavjud tibbiyot xonalari ham zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.

Xilola Umarova maktablardagi tibbiyot xonalari haqidagi parlament so‘roviga javob yubordi
Avvalroq vazirga parlament so'rovi yuborilgandi.
Izohingizni tahrirlang