Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga parlament so‘rovi yuborildi
11:50 / 21.05.2024
7.37k
Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shinga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida quyi palataning parlament so‘rovini yuborish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shinga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida quyi palataning parlament so‘rovini yuborish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik yordam berish, sohaga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, ayniqsa, malakali pedagog kadrlarni jalb qilish borasida qator muammolar mavjudligi aniqlangan.
Shuningdek, oilaviy shaklda tashkil etilgan bog‘chalarda bir qancha muammolar ham yig‘ilib qolganligi qayd etilgan.
Bugungi kunda DXSH va oilaviy shakldagi bog‘chalarda 42 313 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Shundan, 8 327 nafari (19,7%) oliy, 3 304 nafari (7,8%) tugallanmagan oliy va 30 682 nafari (72,5%) o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglardir.
Ma’lumotlarga ko’ra, hozirda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat hamda oilaviy bog‘chalarda 2 984 nafar nomutaxassis kadrlar ham faoliyat yuritib kelmoqda.
“Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida DXSH va oilaviy shakldagi bog‘chalarning aksariyatida Mehnat qonunchiligida belgilangan talab, ya’ni ish beruvchi va pedagog kadrlar o‘rtasida mehnat shartnomasi imzolanmayotganligi holatiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmaxamatova.
Bu esa pedagog kadrlarning qonunchilikda belgilangan, haq to‘lanadigan yillik ta’tillar, mehnatga layoqatsizlik varaqalari, tug‘ruq ta’tillari uchun haq olish bilan bog‘liq mehnat huquqlari buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holat tizimdagi xodimlarning haqli e’tirozlariga, kadrlar qo‘nimsizligiga sabab bo‘lmoqda. Shulardan kelib chiqib, maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga parlament so‘rovi yuborish masalasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Ayni vaqtda vazirlikka parlament so‘rovi yuborilgan. Endilikda vazirlik 10 kunlik muddat ichida parlamentga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
17:39 / 10.02.2026
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
12:10 / 09.02.2026
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
10:47 / 05.02.2026
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
17:51 / 03.02.2026
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish borasidagi ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.
17:39 / 10.02.2026
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
10:47 / 05.02.2026
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi.
11:53 / 28.12.2025
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi haligacha bo‘sh qolmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi 4 oydan buyon bo‘sh qolmoqda.
13:34 / 09.12.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang